Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining yig‘ilishi

05 Iyun 2023, 05:06

977

Bugun, 5-iyun kuni IIV Akademiyasida yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti vakillari, Akademiya rahbariyati, komissiya a’zolari va bitiruvchi kurs kursantlari ishtirok etdi.

 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazirlik departamentining Ta’lim jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Bozorov, Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Ruftullo Nigmatov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i To‘lqin Mamatqulov so‘zga chiqdilar. Shundan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan buyruqlar o‘qib eshittirildi.

Aytish joizki, joriy o‘quv yilida Akademiya kunduzgi ta’limini tezkor-qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov, ekspert-kriminalistika, xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati mutaxassisliklari bo‘yicha ta’sil olgan kursantlar tamomlaydi. Bitiruvchilar 5-iyundan 23-iyunga qadar “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati”, “Xorijiy til” va mutaxassisliklar bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini topshirib, malakaviy bitiruv ishlarini himoya qiladilar.

Yig‘ilish yakunida komissiya raislari va a’zolariga imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazish, kursantlarning bilim va malakalarini xolisona baholash bo‘yicha tegishli talablar yetkazildi. Shundan so‘ng dastlabki imtihonlar boshlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech