Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash – davlat himoyasida

10 Oktyabr 2023, 09:10

943

IIV Akademiyasida “Xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash – davlat himoyasida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi farmoni ilovasi bilan tasdiqlangan tadbirlar dasturi asosida tashkil etilgan uchrashuvga Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi a’zosi Gulnora Marufova taklif etildi.

Muloqotda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi izchil islohotlar, bu borada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad-vazifalar, xususan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash yo‘nalishida ustuvor vazifalar, qizlarning ta’lim olishi yaratib berilayotgan ulkan imkoniyat va imtiyozlar haqida so‘z yuritildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech