Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xotin-qizlar faolligi – jamiyatning muhim omili

2 Aprel 2026, 20:39

36

Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar vazirligi departament boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati rahbari Sohibjamol Joldasova va uning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nargiza Mirjalolova akademiyada faoliyat yuritayotgan ayol xodimalar va ta’lim olayotgan kursant qizlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yurtimiz xotin-qizlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar e’tirof etildi. Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzi tobora yuksalib borayotgani, buning samarasida ayollar barcha sohalar qatori ichki ishlar organlari tizimida ham samarali mehnat qilayotgani aytib o‘tildi. 

“Ayollarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ayniqsa kursant qizlarimizni bilimli, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash ustuvor vazifalarimiz sanaladi. Prezidentimiz bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz, deya bejiz aytmaganlar”, - dedi Sohibjamol Joldasova.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda vazirlik mas’ul xodimi yig‘ilganlarning taklif va muammolarini tingladi. Yoshlar qatlami mamlakatimiz taraqqiyotining muhim tayanchi ekanligini ta’kidlab, xotin-qizlarni har tomonlama faol bo‘lishga, zamonaviy sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishga, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga chorladi. 

Tadbirda so‘z chiqqanlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat va tashabbus qo‘llab-quvvatlandi. Kursant qizlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan maslahat va tavsiyalar oldi. Bir guruh faollar vazirlik rahbariyatining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan rag‘banlantirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech