Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xorijiy mutaxassislar ma’ruza o‘tdi

03 Dekabr 2025, 02:12

97

Kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirishda xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

IIV akademiyasi kunduzgi ta’limining “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yo‘nalishi kursantlari uchun onlayn mashg‘ulot tashkil qilindi.

Shu kuni Rossiya Federatsiyasi IIV Sankt-Peterburg universiteti olimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarida kasbiy deformatsiyaning oldini olish, jinoyat protsessida yolg‘on guvohlik berilgan holatlarni psixodiagnostika usullari yordamida aniqlash, huquqiy ong psixologiyasi masalalari yoritildi.

Malakali mutaxassislar har bir mavzuning nazariy qismi bilan birga, amaliy jihatlari, sohaga oid tadqiqotlar natijalari, politsiya tizimida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalarga to‘xtalib, kursantlarning psixologik bilimlarini mustahkamlashga hissa qo‘shdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech