Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xorijiy mehmonlarga sertifikatlar topshirildi

27 Mart 2026, 22:10

24

IIV akademiyasida Xalqaro politsiya akademiyalari assotsiatsiyasi (INTERPA) bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan o‘quv kursi yakunlandi.

O‘quv kursi davomida Turkiya, Vengriya, Saudiya Arabistoni, Maldiv, Mo‘g‘uliston mamlakatlari vakillari uchun dolzarb mavzularga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Xorijlik mutaxassislar sud va portlash texnik ekspertizalarini o‘tkazish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, qalbaki valyutalar va hujjatlarlarni tadqiq qilish, hodisa joyida ashyoviy dalillar bilan ishlash, raqamli ekspertiza va raqamli kriminalistika bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini oshirdilar.

Bundan tashqari, IIV akademiyasi, Ekspert kriminalistika markazi hamda Respublika sud-ekspertiza markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohaga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlarni o‘rgandilar.

O‘quv kursi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil qilindi. Mehmonlar yurtimizning boy va qadimiy tarixi, milliy qadriyatlarimiz, mamlakatimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Yakunda tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbirda akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov ishtirok etib, manfaatli hamkorlik doirasida o‘tkazilgan malaka oshirish kurslarining muhim ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Jinoyatchilik tendensiyalarining o‘sib borayotgani huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatini kuchaytirish, ta’limga ilg‘or yondashuvlarni keng joriy qilish, kadrlar tayyorlash sifatini zamon talablari asosida takomillashtirib borishni taqozo etayotgani, bu kabi dasturlar turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ahoqalarni yanada mustahkamlab, samarali tajriba almashinuviga xizmat qilishi qayd etildi.

Sertifikat topshirish marosimida xorijiy mehmonlar ham so‘z olib, o‘quv kursining yuqori saviyada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech