Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xorijiy fakultet kursantlari bilan muloqot

28 Yanvar 2026, 17:41

105

IIV akademiyasida ta’lim olayotgan qo‘shni davlatlar vakillari uchun ochiq muloqot ruhidagi tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuv ichki ishlar vazirining tizim yoshlari bilan bevosita muloqotidan kelib chiqib kursantlarga motivatsiya berish, ularning kasbiy fazilatlarini yuksaltirish, ezgu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ustuvor maqsad va yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tishdi. Ichki ishlar organi xodimi bo‘lishni maqsad qilgan yoshlar kasbiy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi, mashaqqatlarga o‘zini tayyorlab borishi, tanlagan kasbining yetuk vakili bo‘lib yetishishi zarurligi qayd etildi.

Har bir soha singari, ichki ishlar tizimining ham huquqiy asoslari bo‘lishi, kursantlar sohaga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini puxta o‘rganish barobarida, amaliyotda samarali qo‘llash bilishi, xizmat faoliyati davomida kasbiy madaniyat qoidalariga qat’iyan amal qilishi kerakligi ta’kidlandi.

Tadbirda kasbga muhabbat, burchga sadoqat, matonat, mas’uliyat, fidoyilik singari fazilatlar, ularni shakllantirish yo‘llari tushuntirib o‘tildi. Muloqotning asosiy maqsadidan kelib chiqib kursant yoshlarning takliflari tinglandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech