Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xonadonlardagi har bir muammo o‘rganilmoqda

4 Mart 2026, 11:35

50

IIV akademiyasi ishchi guruhi tomonidan Chirchiq shahridagi mahallalarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yil 5-yanvardagi qarori bilan mahallalarda xavfsiz muhit yaratish borasida tizimli ishlar boshlab yuborilgan edi.

Shu asosda ta’lim muassasasiga uch yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan “Birlik”, “Nur”, “Mirzo G‘olib” va “Yoshlik” mahallalari biriktirildi. Tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan hududlarning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar o‘rganilib, tegishli vazifalar belgilab olinmoqda.

Binobarin, o‘tgan vaqt mobaynida birinchi chorak uchun mo‘ljallangan barcha “yo‘l xarita”lar tahlil qilinib, 40 ga yaqin taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida 6 ta “jinoyat o‘chog‘i” aniqlanib, ularning har biri bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Jamoat joylari, gavjum ko‘chalar, shu bilan birga qarovsiz va ovloq hududlarga 80 ta tashvish tugmasi, 20 ga yaqin kamera o‘rnatilib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi” xodimlari bilan birgalikda oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan manzilli ishlash maqsadida 60 dan ortiq xonadon manzilli o‘rganilib, 50 nafarga yaqin ijtimoiy profilaktika obyektlari aniqlandi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Chirchiq shahridagi Nuroniylar maskanida nizoli xonadonlar vakillari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazilib, 5 ta oila yarashtirildi. Mahallalarda 6 marotaba sayyor qabullar tashkil qilinib, aholining murojaatlari tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jinoyat sodir etishi yoki undan jabrlanishining oldini olish maqsadida 11 marotaba targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Hozirda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, aholining osoyishta hayotini ta’minlash, kriminogen omillarni bataraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech