Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xitoylik mehmonlar hayratini yaşirmadi

20 Noyabr 2026, 22:15

185

Buyuk ipak yöli çorrahasida joylaşgan yurtimiz qadim-qadimdan ilm-fan, ma’rifat, madaniyat öçoqlaridan biri bölgan.

Poytaxtimizdagi Islom sivilizasiyasi markazi xalqimizning köp asrlik tarixi, ilmiy tafakkuri va boy ma’naviy merosini teranroq anglaşga undovçi maskan sanaladi.

Buni Içki işlar vazirligi akademiyasiga mehmon bölib turgan Xitoy jamoat xavfsizligi universiteti professor-öqituvçilari va talabalari ham alohida e’tirof etişdi.

Yurtimiz mehmonlari majmuani tomoşa qilarkan, göyoki ötmiş va bugun, köhna tamaddun va yangi zamon örtasida sayohat qilganday bölişdi. Ularga davlatimiz rahbari taşabbusi bilan barpo etilgan markaz faoliyati, bu yerda saqlanayotgan durdonalar, tarixiy manbalar, noyob osori-atiqalar, buyuk allomalarimizning jahon sivilizasiyasiga qöşgan bebaho hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Majmua Özbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va zamonaviy taraqqiyotini namoyon etuvçi yirik maskan sifatida Xitoy universiteti vakillarida katta qiziqiş uyğotdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech