Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda

7 Iyul 2026, 22:04

40

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov Chilonzor tumanidagi mahallalarning kriminogen vaziyatini o‘rgandi.

Manzilli o‘rganishlar davomida “poytaxt namunasi” asosida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi, shuningdek “Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Akademiya boshlig‘i dastlab “Botirma” mahallasida bo‘ldi. Hududga biriktirilgan mas’ullar, “mahalla yettiligi” tizimi vakillari va faollar bilan muloqot chog‘ida aholi bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilik omillarini bartaraf etish hamda boshqa yo‘nalishlarda erishilayotgan natijalar tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, aholi gavjum joylar, chekka va ovloq hududlar, xonadonlar atrofiga qo‘shimcha kuch-vositalarning yo‘naltirilgani, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga manzilli yondashilayotgani, ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar mahallaning kriminogen vaziyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Akademiya boshlig‘i hududlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib yangi tajribalarni joriy qilish, oilalardagi maishiy nizolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, murojaatlarni kunlik tahlil qilib borish, aholi o‘rtasida profilaktik ishlarni jadallashtirish  zarurligini aytib o‘tdi.

Shu kunning o‘zida “Mehrjon” mahallasida yo‘lga qo‘yilgan tizim ham o‘rganildi. Mas’ullar tomonidan “poytaxt tajribasi”ni keng joriy qilish maqsadida “mahalla yettiligi” va boshqa mutasaddi idora hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aniq statistik raqamlar misolida taqdimot qilindi.

Muloqot chog‘ida kriminogen vaziyatni doimiy tahlil qilib borish, muammolarni erta aniqlash va hal etishning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, kamera va boshqa texnik qurilmalar qamrovini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech