Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xavfsiz muhit: tizimli ishlar izchil davom ettiriladi

26 May 2026, 21:32

63

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov Qibray tumanining “Zebuniso” mahallasida jinoyatchilikni jilovlash borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Dastlab Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi muhokama qilindi.

Mahallaga biriktirilgan mas’ul rahbarlar, “ettilik” a’zolari va akademiya vakillarining axboroti tinglandi. Jinoyatchilik omillarini bataraf etish maqsadida amaliyotga joriy qilingan tajribalar, erishilayotgan natijalar, kelgusidagi vazifalar aniq raqam va tahlillar misolida taqdimot qilindi.

Akademiya boshlig‘i joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahallaning kriminogen vaziyati barqarorlashib, “yashil” toifaga o‘tgani kompleks yondashuv asosida, hamjihatlikda amalga oshirilgan tadbirlar samarasi ekanligini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatlarning barvaqt oldini olish ishlarini yanada jadallashtirish lozimligini aytdi.

Xususan, “yo‘l xarita”da belgilangan vazifalarni sifatli bajarish, aholining barcha qatlami, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlangan shaxslar hamda ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini bartaraf etish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish zarurligi qayd etildi.

O‘rganishlar yakunida mas’ullar, “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari va akademiya ishchi guruhi vakillariga har bir yo‘nalish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Joylardagi ayrim muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech