IIV Akademiyasida TOEFL ITP (Test of English as a Foreign Language) xalqaro sertifakati uchun navbatdagi imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Unda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 50 nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi.
Tadbir AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkilotining O‘zbekistondagi koordinatorlari ishtirokida xalqaro talablar asosida tashkil qilindi. Talabgorlarning ingliz tilini bilish darajasi onlayn imtihonlar orqali baholandi.
Ma’lumot o‘rni aytish kerakki, davlatimiz rahbarining PQ-5117-son qarori qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslarning ishtirok etishi belgilab qo‘yildi.
TOEFL ITP xalqaro tan olingan sertifikat bo‘lib, mazkur sertifikatga ega bo‘lganlar belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati