Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik samarasi

14 Aprel 2026, 19:44

72

IIV akademiyasiga Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish boshqarmasi mudiri Osman Giray boshchiligidagi mutaxassislar keldi.

Qardosh mamlakat vakillari dastlab Axborot-resurs markazi, magistratura, Ta’lim sifatini monitoring va nazorat qilish markazi, sport majmuasi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati bilan tanishdi. Ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida ta’lim jarayonlariga joriy qilingan innovatsion yondashuvlarni ko‘zdan kechirdi.

Xalqaro anjumanlar xonasida mehmonlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlikning muhim yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida idoraviy hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish, kadrlar salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni almashishga xizmat qilayotganini e’tirof etdi.

Turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan galdagi mashg‘ulotlar manfaatli hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida ta’lim samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Muloqot chog‘ida hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish, ta’lim dasturlarini kengaytirish, zamonaviy boshqaruv, jamoat xavfsizligi, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, ichki ishlar organlari faoliyatini raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tashrif doirasida giyohvandlik vosilatilariga qarshi kurashishning dolzarb yo‘nalishlari va zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda. To‘rt kun davom etadigan mashg‘ulotlarga ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari va kursantlar jalb qilingan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech