Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Vatanparvarlik darsi

9 Iyul 2026, 21:56

36

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan bolalar va bir guruh yoshlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mehmoni bo‘lishdi.

Tadbir yosh avlod vakillarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ichki ishlar organlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish maqsadida uyushtirildi.

O‘quv dargohiga sayohat “Hayot akademiyasi” filmi namoyishi bilan boshlandi. Kartina bosh qahramoni Erkinning yoshlik so‘qmoqlarida turli yo‘llarga duch kelib, qat’iy iroda va matonat bilan kelajak orzulari sari intilishi, yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun xizmat qilayotgan jasur ichki ishlar organi xodimi bo‘lib yetishishi o‘smir-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Shu kuni mehmonlar ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy sharoitlarga guvoh bo‘lishdi. Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Bobur Dadajonov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga jaovob olishdi.

Tadbir yakunida yosh avlod vakillariga turli kitoblar va esdalik sovg‘alari tuhfa qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech