Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!”

05 Avgust 2023, 06:08

1098

IIV O‘quv-dala markazida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir ana shu shiorga bag‘ishlandi. Unda Akademiya kunduzgi ta’lim 1-o‘quv kursi kursantlari, saf qismi ofitserlari, professor-o‘qituvchilar va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari ishtirok etdi.

Tadbir Prezidentimizning besh muhim tashabbusi asosida tashkil qilingan kitob yarmarkasi bilan boshlandi. O‘zbek milliy adabiyotining eng sara namunalari, jahon adabiyoti durdonalari, qolaversa, yuridik sohaga oid turli-tuman qo‘llanmalar kitob mutolaasiga qiziquvchilar uchun ayni muddao bo‘ldi.

Ko‘rgazma ona Vatanimizni tarannum etgan konsert dasturiga ulandi. Akademiya badiiy havaskorlik to‘garagi a’zolari ijrosidagi qo‘shiq va raqslar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga ulkan zavq ulashdi.

Shu kuni kursantlarga yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil qilingan to‘garaklar, o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech