Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vatanga daxldorlik, hurlik, tinchlik timsoli

19 Noyabr 2025, 07:11

40

O‘zbekistonimiz bayrog‘ini tutgan, uni boshi uzra baland ko‘targan yurtdoshimiz borki, qalbida yuksak iftixor hissini tuyadi. Chunki davlat bayrog‘ining Vatanni sevish, uning shonu shuhratini madh etishga undovchi beqiyos qudrati bor.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida o‘tkazilgan tabdir ana shunday iliq so‘zlar bilan boshlandi. Unda ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar hamda IIV akademiyasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda bayrog‘imizning huquqiy asoslari, davlat suvereniteti ramzi sifatidagi ahamiyati, undagi har bir rang va belgining teran ma’no-mazmuni, 2023-yilda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangiliklar, ayniqsa xalqimiz uchun davlat bayrog‘idan foydalanishda yaratilgan keng imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tishdi.

– Mazkur qonun bilan bayrog‘imizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati yanada mustahkamlandi. Har bir yurtdoshimiz uni yashash xonadonida, transport vositasi salonida o‘rnatishi belgilab qo‘yildi. Albatta, bu ham barchamizni Vatan taqdiri va ravnaqi yo‘lida yagona g‘oya ostida birlashishga chorlaydi, – dedi IIV akademiyasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Ilhom Haydarov.

Tadbir talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar bilan davom etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmat

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech