Poytaxtimizdagi harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Jadidlar – millat fidoyilari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Unda IIV akademiyasi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi hamda Bojxona instituti jamoalari qatnashdi.
Hakamlar hay’ati vakillari “savol-javob”, “videorolik taqdimoti”, “sahna ko‘rinishi”, “jadid bobolarimiz asarlari bilimdoni” shartlari orqali har bir jamoa chiqishini baholab bordi. Ko‘rik-tanlov yakunida birinchi o‘rin “Ma’rifat”, ikkinchi o‘rin “Iftixor”, uchinchi o‘rin esa “Yosh bojxonachilar” jamoasiga nasib qildi.
Shu kuni mehmonlar kitoblar ko‘rgazmasida qatnashib, o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan tanishdilar. IIV akademiyasi kursantlarining ma’rifatparvar siymolarimizga atab chizgan rasmlari barchaga manzur bo‘ldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati