Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Vatan himoyasi – mas’uliyat va sharaf

14 Yanvar 2026, 21:48

74

Bugungi tinch va osuda kunlar o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilmaganini oramizdagi katta avlod vakillari yaxshi biladi. 

IIV akademiyasida Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Iste’fodagi harbiylar, ichki ishlar organlari faxriylari, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirokida o‘tgan tadbir yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuvda so‘z olganlar mustaqillik yillari milliy armiyamiz tizimida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar, chegaralarimiz daxlsizligini himoya qilish, el-yurt osoyishtaligini ta’minlash, Vatan oldidagi burch va mas’uliyatni ado etishda insondan talab etiladigan fazilatlar haqida ma’ruza qilib, katta hayotiy tajribalarini yoshlarga ulashdilar.  

Tadbirga bayramona ruh qo‘shish maqsadida Toshkent harbiy okrugi Chirchiq garnizoni harbiy orkestri ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shu kuni tadbir ishtirokchilari saf maydonida namoyish qilingan qurol-aslaha va texnikalar ko‘rgazmasi bilan ham tanishdilar. Kursantlar o‘rtasida viktorina uyushtirilib, harbiy bilim va ko‘nikmalarni yuqori darajada egallab kelayotgan yoshlar rahbatlantirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech