Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davra suhbati va bellashuv o‘tkazildi

13 Yanvar 2023, 07:01

767

IIV Akademiyasining Harbiy tayyorgarlik kafedrasi tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan tadbir Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari, o‘quv-saf qismi ofitserlari va kursantlar ishtirok etgan tadbir avvalida polkovnik Ibrohimjon Mahmudov so‘z olib, mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, professional milliy armiyani shakllantirish orqali davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtaldi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, hozirgi murakkab sharoitda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan konsepsiyada yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular qalbiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi. Shundan kelib chiqib, IIV Akademiyasida soha uchun kadrlar tayyorlash, kursant yoshlarning professional bilim va mahoratini yuksaltirish, ta’lim jarayoniga harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ta’sirchan mexanizmlarini tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu kuni kafedra qoshidagi “Harbiy fanlar bilimdoni” iqtidorli kursantlar to‘garagi a’zolari ishtirokida bellashuv ham o‘tkazildi. Jangovar qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish, nishonga o‘q otish shartlari bo‘yicha tashkil etilgan bahslar yakunida birinchi o‘rin 326-guruh kursanti Ruslan Kushkunbayevga, ikkinchi o‘rin 117-guruh kursanti Dilnoza Jumanazarovaga va uchinchi o‘rin 326-guruh kursanti Jahongir Ravshanbekovga nasib etdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech