Poytaxtimizdagi “Paxtakor” sport majmuasida Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida yengil atletika sport turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda 19 ta jamoa 100, 1000 va 3000 metrga yugurish, 4x100 metr estafeta, shved estafetasi, shuningdek, joyidan va yugurib kelib uzunlikka sakrash yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqada jamoamiz vakillari alohida yo‘nalishlarda yuqori natijalar qayd etib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati