Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida psixologiya

22 Noyabr 2021, 08:11

3127

Bosh prokuratura akademiyasida “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida psixologiya” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Ichki ishlar va Xalq ta’lim vazirliklaridan vakillar, Sudyalar oliy maktabi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Bojxona instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda IIV Akademiyasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Dolzarb mavzudagi anjumanda so‘zga chiqqanlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarda psixologik xizmatning ahamiyati, sohani takomillashtirish masalalari, mavjud muammolar va yechimlari borasida fikr-mulohazalar hamda takliflarni bildirib o‘tishdi. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali professori T.Bazarov, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori V.Karimova, IIV Akademiyasi Psixologik ta’minlash markazi boshlig‘i Y.Farfiyev va boshqalarning ma’ruzalari tinglandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech