Jinoyat ishlari yurituviga “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida IIV huzuridagi Tergov departamenti vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.
Jinoyat-protsessual huquq hamda Dastlabki tergov va kriminalistika kafedralari tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda davlatimiz rahbarining 2022-yil 28-yanvardagi “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan vazifalar yuzasidan mulohazalar bildirildi.
So‘zga chiqqanlar ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimida ishlash tartibi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari, ushbu tizimning afzalliklari xususida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi. Mazkur sohani takomillashtirish, tizimni malakali kadrlar bilan ta’minlash, ayniqsa innovatsion ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari tadbirning ahamiyati oshirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati