Içki işlar vazirligi hayʼatining 2021-yil 12-fevraldagi kengaytirilgan yiğilişida jinoyatlar köp sodir etilayotgan tuman va şaharlarda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş borasida aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan işçi guruhi ayni kunlarda Urgut tumanida jinoyatçilik ahvolini ilmiy yondaşuv asosida örganmoqda.
Statistik maʼlumotlarga köra, tumandagi 30 ta mahalla “qizil”, bitta mahalla “sariq” va 71 ta mahalla “yaşil” toyifaga kiritilgan. Joriy yilning olti oyi mobaynida tuman hududida 280 ta jinoyat qayd etilgan bölib, ularning aksariyatini talonçilik, firibgarlik, öğirlik, bezorilik va boşqa turdagi jinoyatlar taşkil etadi. Oilaviy kelimovçiliklar, turli nizolar tufayli qotillik, oğir tan jarohati yetkaziş kabi holatlarning keskin oşgani açinarli. Xususan, şu turdagi jinoyatlarning 3 tasi oilaviy janjal, 2 tasi mahalladoşlar orasidagi adovat, 4 tasi raşk sababli sodir qilingan.
Bu esa aholi muammolarining “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” singari samarali mexanizmlar yordamida hal etilmagani, “Yoşlar daftari”, “Аyollar daftari”, “Temir daftar” kabi dasturlar ijrosi qoğozda qolib ketayotganidan dalolat beradi.
Maʼlumki, jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan şaxslar bilan profilaktik tadbirlar ötkaziş, maʼmuriy nazorat yuritiş muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ilgari sudlangan şaxslar tomonidan qayta jinoyatga qöl urilayotgani bu borada hal qilinişi lozim bölgan işlar borligini körsatmoqda.
Masalan, tegişli organlar tomonidan profilaktik hisobga oliş uçun asos böladigan MJTKning moddalari böyiça 1279 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, şundan 315 tasi hisobga olingan, yana 531 tasi ogohlantirilgan bölsa, 418 tasi böyiça sud tomonidan qabul qilingan qaror IIOFMBga yuborilmagan.
Işçi guruhining örganişlari davomida huquq-tartibot maskanlarining ayrimlari kapital taʼmirga muhtojligi, profilaktika inspektorlari xizmat uyi va şaxsiy avtomaşina bilan yetarli darajada taʼminlanmagani maʼlum böldi. Bu esa hududlarda jamoat tartibini saqlaş, jinoyatlik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, alohi örtasida huquqiy tarğibot va profilaktika işlarini samarali taşkil etişga imkon bermagan.
Barçamizga ayonki, jinoyatçilikning ösişiga imkon beruvçi omillardan biri – bu işsizlikdir. Bu esa profilaktik hisobda turgan yoki muammosi mavjud bölgan şaxslar bilan işlaş, uyuşmagan yoşlarni kasb-hunarga yönaltiriş, aholi murojaatlarini öz vaqtida hal etişda uyuşqoqlik bilaş işlaşni talab etadi. Örganişlar davomida alohining faol qatlamlari orasida ijtimoiy sörovnoma ötkazilib, jinoyatlikni jilovlaşga salbiy taʼsir körsatayotgan sabab hamda şart-şaroitlar tahlil qilindi. Ularning natijasiga qarab tegişli taşkilot va organlar hamkorligida tumanning öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mavjud muammolarni bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlar belgilab olindi.
Xulosa örnida aytganda, jinoyat – bu öz nomi bilan xavfli va jirkanj illat. Mamlakatimizda ulkan yangilanişlar keçayotgan hozirgi islohotlar davrida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning har qanday körinişini barvaqt oldini oliş, huquqiy madaniyati va ongini yuksaltiriş, jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişga davlat organlari bilan birga, barça fuqarolar ham birdek masʼul ekanligini unutmasligimiz kerak.
IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati