IIV akademiyasida uch avlod vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tezkor qidiruv xodimlari kuni munosabati bilan tashkil qilingan uchrashuvda Mirsamad Adilov, Abror Ibragimov, Sharif Aminov, Tohir Mullajonov, Abdukarim Shodiyev va boshqa faxriylar, professor-o‘qituvchilar hamda kursantlar qatnashdi.
Tadbirda ichki ishlar organlari faoliyatida tezkor qidiruv xizmatining o‘rni, sohaviy xizmat tarixi, rivojlanish bosqichlari, jinoyatchilikka qarshi kurashishda munosib iz qoldirgan katta avlod vakillari, ularning ibratli hayot yo‘li, keyingi yillarda tezkor qidiruv xizmatida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida iliq mulohazalar aytildi.
Iste’fodagi faxriylar so‘z olib, o‘zlarining ko‘p yillik mehnat faoliyatlari, yutuqlari va yo‘qotganlari, sinovli kunlarda bilim, tajriba va kasbiy fazilatlar tufayli erishgan natijalari, tezkor qidiruv xizmatining o‘ziga xos murakkabliklari, soha mashaqqatlarini yengish yo‘llariga atroflicha to‘xtalib, yosh avlod vakillariga kerakli maslahatlar berdilar.
Qiziqarli o‘tgan tadbir kursantlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi hamda badiiy havaskorlik jamoalarining Vatan, mardlik, jasorat haqidagi qo‘shiqlari bilan davom etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati