Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Tuzuklar” bilimdonlari aniqlandi

16 Aprel 2026, 18:09

77

Poytaxtimizda turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Buyuk ajdodimiz Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 6 ta jamoa qatnashdi.

Ishtirokchilar “Tuzuklar bilimdoni”, “Amir Temur va temuriylar davri haqidagi ilmiy va badiiy asarlarga nazar”, “Buyuk sohibqiron mening tasavvurimda” shartlari orqali bilim salohiyati, kitobxonligi hamda sahna mahoratini namoyish etdi. Tarixchi olimlar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati jamoalarning chiqishini xolisona baholadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasining “Iftixor” jamoasi birinchi, IIV akademiyasining “Temur izdoshlari” jamoasi ikkinchi, Bojxona institutining “Yosh bojxonachilar” jamoasi uchinchi o‘rinni egallab, tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar etib tarbiyalash, boy merosimizni o‘rganish va targ‘ib etish orqali ularning ma’naviy dunyoqarashi, intellektual salohiyati, yurtga daxldorligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech