Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Turkiston bolalari” akademiya sahnasida

29 Fevral 2024, 08:02

681

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Turkiston bolalari” spektakli namoyish etildi.

Ushbu spektakl O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov badiiy rahbarligida, rejissyor Rasuljon Tog‘ayqulov tomonidan sahnalashtirilgan.

Sahna asari o‘tgan asrning 20-yillarida jadidlar ko‘magi bilan Buxorodan Germaniyaga ta’lim olish uchun borgan, Vataniga qaytgach esa mustabid tuzum qatag‘oniga uchragan Abduvahhob Murodiy, Sattor Jabbor, Ahmad Shukriy, Xayriniso Majidxonova, Sulton Matqul, Maryam Sultonmurodova, Afzal Abdusaid kabi yoshlarning hayoti va fojiali qismati haqida hikoya qiladi. 

O‘zbekiston davlat drama teatri aktyorlari ijro etgan spektakl akademiya kursantlarida ulkan ma’naviy taassurot qoldirdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech