Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Trenerlar guruhi uchun mashg‘ulot

19 Mart 2026, 14:54

68

IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchi-metodistlari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Onlayn mashg‘ulotni Rossiya Federatsiyasi IIV Ural yuridik institutining Falsafa, psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Sofya Xilyuk o‘tkazdi.

Xorijlik mutaxassis ta’lim tizimiga kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, modulli reyting tizimi va raqamli platformalarning imkoniyatlari, bu borada Ural yuridik instituti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan yondashuvlar, ta’limda yuqori samaradorlikka erishishda pedagog va ta’lim oluvchiga qo‘yilayotgan talablar haqida ma’ruza qildi.

Xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlarini o‘rganish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech