Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘tmishni jonlantirgan film

15 Dekabr 2021, 08:12

1571

Tarixiy siymolarimizning ibratli hayoti yosh avlod uchun yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega. Respublika Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan ekran yuzini ko‘rgan “Cho‘lpon. Qush esdaligi” hujjatli filmini ana shunday ijodiy asarlar sirasiga kiritish mumkin. 

 “Media Illusion” studiyasi tomonidan suratga olingan kinokartinada ma’rifatparvar adib, milliy istiqlol va erk kuychisining ayanchli qismati aks etgan. Film ijodkorlari tomonidan arxiv materiallari, mustabid tuzum ta’siri ostida oshkor etilmagan tarixiy haqiqatlarning ochib berilgani uning salmog‘ini yanada oshirgan. Bu esa tomoshabinda Cho‘lpon shaxsini anglash, ijodining cheksiz qudratini chuqur his etish, u yashab o‘tgan ziddiyatli davrning o‘ziga xos manzaralarini yorqin va haqqoniy bilish imkonini beradi.    

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida mazkur film katta ekranda namoyish etildi. Premeradan so‘ng so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida yaratilgan yangi ijod mahsuli xalqimizning boy ma’naviy xazinasidan o‘rin olishini e’tirof etdilar. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech