Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tizimni takomillashtirish mexanizmlari tahlil qilindi

16 Mart 2022, 10:03

1516

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari, professor Umida To‘xtasheva Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasi tinglovchilariga mashg‘ulot o‘tdi.

Ma’ruzachi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini ustuvor jihatlari, bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining samarali faoliyatini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish masalalariga to‘xtaldi.

Mashg‘ulot davomida ichki ishlar organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi asosiy vazifalari, jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirishda profilaktik va huquqiy targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati, ushbu illatni barvaqt oldini olishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi.

Tinglovchilar dolzarb masala yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech