Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tizimli ishlar natijasini ko‘rsatmoqda

24 Sentyabr 2026, 19:42

45

Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qarorida ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur qaror asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar natijasida jinoyatchilik keskin kamayib, mahallalarning kriminogen vaziyati barqarorlashmoqda.

Aytish joizki, qaror bilan uch yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan 23 ta mahalla Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga biriktirilgan edi. O‘tgan 8 oy mobaynida tajribali professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruhlar tomonidan manzilli o‘rganishlar olib borilib, dolzarb chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, mahallalarda sodir etilgan barcha jinoyatlarning asl omillari ilmiy-amaliy yondashuvlar aosida o‘rganildi. Kriminogen vaziyatga salbiy ko‘rsatayotgan 60 ga yaqin “jinoyat o‘choq”lari va ovloq joylar aniqlandi. Hududlardagi muammolar bo‘yicha 500 dan ziyod taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, “yo‘l xarita”larga kiritildi.

Shu asosda joylarga 90 ta zamonaviy kamera, 105 ta tungi yoritish chirog‘i, 23 ta “SOS” tashvish tugmasi o‘rnatildi. Ayrim mahallalarga qo‘shimcha profilaktika inspektorlari va patrul-post xizmati xodimlari jalb qilinib, 12 ta “xavfsiz ko‘cha” va 4 ta “xavfsiz uy” tashkil etildi.

Hududlarda o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 954 nafar fuqaroning muammosi hal etildi. Shuningdek xonadonlar manzilli o‘rganilib, 31 ta nizoli oila yarashtirildi. Ijtimoiy profilaktika tadbirlari qamrovi oshirildi.

Muhimi, “mahalla yettiligi” vakillari va boshqa mas’ul idoralar bilan birgalikda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida kriminogen vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarib, 13 ta mahalla “yashil”, qolgan 10 ta mahalla “sariq” toifaga o‘tdi.

Akademiya ishchi guruhi rahbari, podpolkovnik Alisher Murodovning ta’kidlashicha, hozirda bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Hududlarda ko‘p qayd etilayotgan huquqbuzarliklarni inobatga olgan holda ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan tajribalar yaratilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech