Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tizim obro‘yi xodimlarning kasbiy madaniyatiga bog‘liq

19 Yanvar 2026, 21:53

69

IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i akademiya magistraturasi tinglovchilari bilan uchrashdi.

Tadbir ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, bu boradagi dolzarb talablarni yetkazish, tinglovchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda ShXBB bo‘lim boshlig‘i O‘tkir Qosimov so‘z olib, xizmat intizomining buzilishi bilan bog‘liq holatlarga to‘xtaldi.

Ayrim xodimlar tomonidan sodir etilayotgan salbiy xatti-harakatlar internet tarmoqlarida keng muhokamalarga hamda jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgani aytib o‘tildi. Xususan, aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydigan xodimlarda muloqot madaniyati yetishmasligi, xizmat majburiyatini qonun doirasida bajarishda qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgani ta’kidlandi.

Magistraturada ta’lim olayotgan tinglovchilar kelgusida rahbarlik lavozimlariga tayinlanganda ayni jihatlarga alohida e’tibor qaratishi, qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning kasbiy bilimi va madaniyatini doimiy ravishda yuksaltirib borishi, bunda avvalo o‘zlari shaxsiy namuna ko‘rsatishi kerakligi qayd etildi.

Uchrashuvda o‘quv intizomi masalalari ham muhokama qilindi. Har bir xodim Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi kodeksi talablariga qat’iy amal qilishi, salbiy illatlar sodir qilmasligi, bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘rishi haqida ogohlantirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech