Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida

27 Noyabr 2025, 12:11

45

IIV akademiyasida vazirlik tasarrufidagi o‘quv muassasalari vakillari uchun qisqa muddatli seminar-trening tashkil etildi.

O‘qitishning ilg‘or yondashuvlari asosida ta’lim sifatini oshirish, pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan seminar-treningga ixtisoslashtirilgan maktab internati va akademik litseylar direktorlari hamda ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari jalb qilingan.

Unda “Ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish”, “O‘quv-tarbiya jarayonlarini boshqarishda zamonaviy metodlarni qo‘llash”, “Kadrlarni ixtisoslikka yo‘naltirish va maqsadli tayyorlash”, “Huquqshunoslik va boshqa kasbiy fanlarni o‘qitishini takomillashtirish”, “Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interfaol yondashuvlarini joriy qilish”, “O‘qituvchilarning faoliyat ko‘rsatkichini baholash (KPI) va mashg‘ulotlarni pedagogik nazorat qilish” kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tinglovchilar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda IIV akademiyasining Ta’lim sifatini nazorat va monitoring qilish markazi faoliyati yaqindan bilan tanishib, kadrlar tayyorlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganadilar.

Mashg‘ulotlar Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar agentligi, Ichki ishlar vazirligining mas’ul vakillari, shuningdek O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari  tomonidan olib borilmoqda.

Seminar-trening 27-noyabrga qadar davom etadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech