Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Talabalar kerakli tavsiyalar oldi

2 Fevral 2026, 19:42

96

Chirchiq shahridagi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida o‘tkazilgan davra suhbati dolzarb masalaga bag‘ishlandi.

Universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun tashkil qilingan tadbirda kibermakondagi tahdid va xatarlar, ularning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’siri, yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olish xususida so‘z bordi.

Uchrashuvda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Rashid Sultonov ma’ruza qilib, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning zamonaviy ko‘rinishlari, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan ushbu turdagi huquqbuzarliklar, internetdan foydalanishda bilish va amal qilish kerak bo‘lgan qoidalar, kiberjinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik masalalariga batafsil to‘xtaldi.

Muloqot tarzida o‘tgan tadbir yig‘ilganlarning huquqiy ongi va kibermadaniyatini yuksaltirish, tabalalarni internet makonidagi xavf-xatar va mafkuraviy tahdidlardan ogoh etishga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech