IIV akademiyasida malaka oshirayotgan Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshliqlari kursantlar bilan uchrashdi.
“Muloqot” klubi doirasida tashkil qilingan tadbirda Buxoro, Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari IIB HPB boshliqlari, “huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya” yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar hamda ixtisoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbirni akademiya boshlig‘i yordamchisi, polkovnik Ismoil Himmatov ochib, yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishda bu kabi uchrashuvlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Muloqot chog‘ida jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar, hududlarga tatbiq qilinayotgan ijobiy tajribalar, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda ijtimoiy profilaktikaning o‘rni, “mahalla yettiligi” tizimida profilaktika inspektorlari zimmasidagi ustuvor vazifalar xususida so‘z bordi.
Tadbir mehmonlari ko‘p yillik amaliy tajribalaridan kelib chiqib tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish omillari, xizmatda qo‘l keladigan kasbiy fazilatlar haqida kursantlar yoshlarga o‘z maslahat va tavsiyalarini ulashdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati