15–16-sentyabr kunlari Farg‘ona shahrida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida o‘quv kursi tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tashabbusi bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan sud, prokuratura hamda ichki ishlar organlari xodimlari jalb qilindi.
O‘quv kursi davomida inson huquqlariga rioya qilish hamda qiynoqlarga qarshi kurashish borasida qabul qilingan hujjatlarning mazmun-mohiyati, sud-huquq tizimida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlari, qiynoqqa solish bilan bog‘liq qilmishlar uchun javobgarlik masalalari, bu borada xalqaro va milliy tajribaning o‘ziga xos jihatlari hamda boshqa dolzarb mavzular atroflicha yoritildi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar Inson huquqlari milliy markazi mutaxassislari bilan birga, sud tizimi vakillari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, IIV akademiyasi va Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida test sinovi o‘tkazilib, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati