Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Shikoyatlar ma’muriy sudlar tomonidan qanday hal etilmoqda?

11 Fevral 2022, 07:02

1580

11-fevral kuni Ichki ishlar vazirligida akademiyasida Respublika Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi. 

“Davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirishga doir yangi tartiblar” mavzuiga bag‘ishlangan tadbirda Sudyalar oliy maktabi vakillari, Akademiyaning Ma’muriy huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etdi.  

Davra suhbatida “Ma’muriy organlar va mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti”, “Sudlarga murojaat qilish shakllari”, “Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlarning o‘zaro farqli jihatlari”, “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llash masalalari” mavzulari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Soha mutaxassislari huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarga to‘xtalib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech