Avval xabar berilganidek, IIV Akademiyasida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Turkiya politsiya akademiyasi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etilgan edi.
To‘rt kun davom etgan malaka oshirish kursida ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va IIV sohaviy xizmatlari xodimlari “Politsiya tizimida samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish”, “Terrorizmga olib keluvchi radikallashuv jarayonining oldini olishni boshqarish” mavzulari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rgandilar.
Mashg‘ulotlar Turkiya politsiya akademiyasining malakali mutaxassislari Shenol Yaprak, Tug‘ba Aydo‘g‘an, shuningdek Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi vakillari Ahmed Demir, Yusuf Susam va Ahmed Er tomonidan olib borildi.
Bugun seminar-trening ishtiokchilariga sertifikatlar topshirildi. Tadbirda mamlakatimizdagi Turkiya Respublikasi elchixonasining ichki ishlar bo‘yicha maslahatchisi Mustafo Avchi ishtirok etib, ta’lim sohasidagi hamkorlikning izchil rivojlanib borayotganidan mamnunligini alohida ta’kidladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati