Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sayyor mashg‘ulotlar dolzarb mavzularga qaratildi

27 Iyun 2025, 08:06

27

IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tuman-shahar ichki ishlar organlari rahbarlari uchun sayyor mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Samarqand Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida tashkil qilingan mashg‘ulotlar tizimdagi islohotlarning natijadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘quv yig‘inlari davomida mahallalarda kriminogen vaziyatni baholash va prognoz qilish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoy profilaktika samaradorligini oshirish, ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini samarali tashkil etish hamda boshqa mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlari rahbarlariga tizim faoliyatini takomillashtirishning dolzarb talablari yetkazilib, ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi. Mashg‘ulotlar yakunida ularning bilim va ko‘nikmalari test sinovlari orqali baholandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech