Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tajribali professordan onlayn mashg‘ulot

10 Dekabr 2025, 04:12

75

Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar ta’limni ilg‘or yondashuvlar asosida tashkil etishga xizmat qilmoqda.

IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun “Alohida sharoitlarda ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarish” mavzuida navbatdagi onlayn mashg‘ulot tashkil qilindi.

Boshqaruv akademiyasi professori M. Kireyev turli vaziyatlarda xavf va tahdidlarni prognoz qilish, mavjud kuch va vositalarni samarali yo‘naltirish, tezkor va to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilish, bu borada amaliyotda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida ma’ruza qilib, tinglovchilar savollariga javob berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech