Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sarhisob va kelgusidagi vazifalar

24 Fevral 2026, 21:07

66

IIV akademiyasida Faxriylar kengashining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kengashning bir yillik faoliyati sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Hisobot davrida keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik qilish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Jumladan, soha vakillari ishtirokida 8 marotaba ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi, 150 nafar ijtimoiy himoyaga muhtojlar holidan xabar olindi, 50 nafardan ortiq keksalarga salomatligini tiklash uchun ko‘mak berilib, bir guruh faxriylar uchun yurtimizning tarixiy qadamjolariga sayohatlar uyushtirildi.

Kengashning joriy yilgi faoliyatida ham bir qator vazifalar belgilab olingani, faxriylarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rnini mustahkamlash, ularni ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tibor markazida bo‘lishi aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech