Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ruhiy barqarorlik – xizmat samaradorligining muhim omili

26 May 2026, 19:53

71

Ichki ishlar organlarida xizmat qilish sog‘lom ruhiy holat va psixologik barqarorlikni ham talab etadi. Xodimlarning psixologik holatini o‘rganish va stressga bardoshlilik ko‘nikmalarini rivojlantirish xizmat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

IIV akademiyasida “Ichki ishlar xodimlarining faoliyatida yuzaga keladigan muammoli holatlarda o‘zini o‘zi idora qilish va stressga bardoshlilikni oshirish: nazariya va amaliyot” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat jarayonida uchraydigan murakkab vaziyatlarda psixologik barqarorlikni saqlash, hissiyotlarni boshqarish, stress ta’siriga chidamlilikni oshirish hamda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda soha mutaxassislari, tadqiqotchilar, ta’lim maskani professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etdi.

So‘z olganlar kasbiy faoliyatda emotsional zo‘riqish va uni bartaraf etishning amaliy yo‘llari, muammoli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi idora qilish mexanizmlari, stressni yengish va xizmat jarayonida ruhiy barqarorlikni saqlash, shuningdek, kursantlarning psixologik tayyorgarligini mustahkamlash yo‘nalishlarida ma’ruzalar qildilar.

Davra suhbati davomida relaksatsiya, nafas mashqlari, emotsional nazorat, irodaviy barqarorlik, jismoniy tayyorgarlik va psixologik yordam usullarining ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, ichki ishlar xodimining ruhiy barqarorligi uning xizmat samaradorligi, kasbiy mahorati va jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Tadbir yakunida ichki ishlar organlari xodimlari va kursantlarida stressga bardoshlilikni oshirish, psixologik tayyorgarlikni kuchaytirish hamda murakkab vaziyatlarda qonuniy va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech