Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Rossiyalik mutaxassis kursantlar uchun mashg‘ulot o‘tdi

25 Mart 2023, 05:03

1119

23-24-mart kunlari IIV Akademiyasida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Volgograd akademiyasi bilan hamkorlikda onlayn ma’ruza mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Rossiyalik tajribali mutaxassislar, Volgograd akademiyasining Dastlabki tergov kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, professor, politsiya polkovnigi Yuliya Safonova hamda Ichki ishlar organlarida tergov faoliyatini tashkil etish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, professor, politsiya polkovnigi Sergey Yanin “Badanga qasddan shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning xususiyatlari: Rossiya tajribasi”, “Tergovchining tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish” mavzularida ma’ruza qildi.

 “Tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan mashg‘ulotlarda qasddan badanga tan jarohati yetkazish jinoyatlarini tergov qilishning huquqiy asoslari, xususiyatlari, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan dastlabki va kelgusi tergov harakatlari va boshqa protsessual harakatlar ketma-ketligi, jinoyatlarni tergov qilishda jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning tergovga qadar tekshiruvni hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, bu borada Rossiya tajribasining o‘ziga xos jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Ma’ruzalar yakunida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech