Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Referendumda yoshlar siyosiy faolliklarini namoyon etishmoqda

30 Aprel 2023, 01:04

886

Bugun, 30-aprel kuni O‘zbekiston tarixida muhim siyosiy tadbir – yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tmoqda.

Referendumda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi ovozga qo‘yilgan. Aytish joizki, ushbu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. O‘tgan davr mobaynida jamoatchilik tomonidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushdi. Ushbu takliflar asosida yangilanayotgan Konstitutsiya moddalari soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalari 275 tadan 434 taga oshdi. Bir so‘z bilan aytganda, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.

Butun yurtimizda bo‘lgani kabi poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 100-saylov uchastkasi ham referendumga qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Ovoz beruvchilarga zarur sharoitlar yaratish maqsadida uchastka binosi milliy qonunchiligimiz talablari darajasida jihozlandi. Referendumni umume’tirof etilgan tamoyillar asosida o‘tkazish uchun siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilariga tegishli mandatlar berildi.

Nihoyat, erta tongda davlatimiz madhiyasi sadolari yangrab, referendum uchastkasi o‘z faoliyatini boshladi. Mamlakatimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan yangilanishlarni chuqur his etgan yurtdoshlarimiz birin-ketin ovoz berishga kirishdilar. Quvonarlisi, ushbu siyosiy tadbirda yoshlar faol ishtirok etib, faol fuqarolik pozitsiyalarini yuksak darajada namoyon etmoqdalar.

Ovoz berish jarayonlari kech soat 20:00 gacha davom etadi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech