Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Rasmlarda istiqlol shukuhi

15 Avgust 2026, 20:05

69

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan IIV O‘quv-dala markazida akademiya kunduzgi ta’limining 1-o‘quv kursi kursantlari o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Shu kuni yoshlar ona Vatanimizga bo‘lgan cheksiz mehr va sadoqatlarini yorqin bo‘yoqlar orqali tasvirlab berishga harakat qildilar.

Yurtimizda kechayotgan yangilanishlar, obod va farovon manzillar, go‘zal va betakror tabiatimiz, ichki ishlar organlari xodimlarining tinchlik va osoyishtalik yo‘lidagi sharafli xizmatlari aks ettirilgan suratlar hakamlar tomonidan baholab borildi.

Tanlov yakunida har bir ijodiy ish munosib e’tirof etildi. Shunga ko‘ra, Quvonchbek Xoliqov va Shohijahon Nuriddinov birinchi, Sarvar Qo‘ziboyev ikkinchi, Shuhrat Odilov va Abduvaqqos Abdunazarov uchinchi o‘rinni egalladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech