Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Rahbarlik mas’uliyati yuksak javobgarlikni talab etadi

05 Avgust 2023, 08:08

1031

Har bir rahbar mas’uliyatni his eta olsagina, ortidan jamoani ergashtira oladi. Faoliyat samaradorligi ham ularning salohiyati va boshqaruvchanligiga bog‘liq.

Akademiya magistraturasi tinglovchilari bilan bitiruvoldi o‘tkazilgan yig‘ilish xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi. Tadbirda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik O‘tkirbek Qosimov so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari tizimida rahbar kadrlarga qo‘yilayotgan dolzarb talablarga to‘xtaldi.

Aytib o‘tilganidek, tizimdagi izchil islohotlar ichki ishlar organlari faoliyatini xalqchil mezonlar asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. Bu esa har bir xodim, ayniqsa rahbarlarga ulkan mas’uliyat yuklamoqda. Ta’lim jarayonida tinglovchilar zamonaviy boshqaruvga oid bilim va ko‘nikmalarni egalladilar. Ularning kelgusidagi xizmat faoliyati o‘z vazifasiga halol, vijdonan yondashishi, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna ko‘rsatishiga bog‘liq.

Yig‘ilishda bitiruvchilarga xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxsiy tarkib, ayniqsa yosh xodimlarning kasbiy fazilatlarini yuksaltirish, boshqaruv va nazoratning samarali mexanizmlari orqali tizim faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech