Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Rahbarlar mas’uliyat hissi bilan ishlashi kerak

07 Noyabr 2025, 08:11

70

Ichki ishlar organlari faoliyatini samarali tashkil etish rahbar kadrlarning bilim va tajribasi, boshqaruv mahoratiga bog‘liq. Ayniqsa bugungi islohotlar tizimdagi barcha bo‘g‘in rahbarlardan yuqori mas’uliyatni talab etmoqda.

IIV akademiyasi magistraturasida tinglovchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati ana shu dolzarb masalalarga bag‘ishlandi.

Tadbirda vazirlik Tashkiliy departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Jasur Yusupov so‘z olib, ichki ishlar tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar, amaliyotga tatbiq etilayotgan zamonaviy yondashuvlar, faoliyat samaradorligini oshirishning asosiy omillari, bu o‘rinda rahbar kadrlarning o‘rni haqida batafsil to‘xtaldi.

Keyingi yillarda ichki ishlar organlarida boshqaruvning samarali mexanizmlari joriy qilinib, rahbar kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomillashtirilgani, sohadagi o‘zgarishlarning amaliy natijasi ko‘p jihatdan zamonaviy bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini egallagan rahbarlar zimmasida ekanligi aytib o‘tildi.

Davra suhbatida vazirlik ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan kompleks tekshiruvlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar tahlil qilindi. Ayrim rahbarlarda mas’uliyat va shaxsiy javobgarlik hissi yetishmasligi, bu kabi omillar fuqarolarning ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, tinglovchilar bilan Tashkiliy departament boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Sherzod G‘aniyev ham muloqot qilib, murojaatlar bilan ishlash, axborot-tahlil faoliyati hamda ijrochilik intizomi masalalariga to‘xtaldi. Tadbir davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech