IIV akademiyasida psixolog mutaxassislar va kursant qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasidan mehmonlar, saf qismi ofitserlari va barcha o‘quv kurslaridan qizlar taklif qilindi.
Uchrashuv avvalida davlat va jamiyat hayotida xotin-qizlarning o‘rni, mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, barcha sohalar qatori ichki ishlar organlari tizimida ayol xodimlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar e’tirof etildi.
Psixologlar har bir kasbning o‘ziga xos jihatlari borligini ta’kidlagan holda kursant qizlarga zarur tavsiyalar berdilar. Xususan, o‘qish jarayonida yuzaga keladigan turli psixologik omillar, ularni bartaraf etish usullari, stressni yengish, ruhiy barqarorlikni ta’minlash, chidamlilikni oshirish, nostandart vahiyatda o‘zini o‘zi boshqarish va hissiyotni jilovlash yo‘llari haqidagi foydali maslahatlar qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati