Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba

25 Sentyabr 2023, 08:09

741

19–22-sentyabr kunlari Navoiy va Samarqand viloyatlarida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya ijrosini ta’minlash, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish, shuningdek Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi doirasida o‘tkazildi.

Tajribali mutaxassislar tomonidan “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, asosiy tamoyillar”, “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun-mohiyati”, “Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati”, “Voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar”, “Ushlab turish, qamoqqa olishga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari” va boshqa mavzular atrofilicha yoritildi.

Qisqa muddatli kurslar davomida ichki ishlar hamda prokuratura organlari xodimlari mazkur faoliyatga oid xalqaro va milliy standartlar, ularni amaliyotda samarali qo‘llash yuzasidan ko‘nikmalarini oshirib, sertifikatga ega bo‘ldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech