Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba

18 May 2023, 02:05

893

Surxondaryo viloyati ichki ishlar va prokuratura organlarining 60 nafar xodimi uchun “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida o‘quv kursi tashkil etildi.

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning ilk kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i Yahyo Abdulhaqovning onlayn videomurojaati bilan boshlandi.

O‘quv kursi davomida “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, asosiy tamoyillar”, “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun-mohiyati”, “Qiynoqqa solish bilan bog‘liq qilmishlar sodir etilishining oldini olishga oid qonunchilikning rivojlanishi”, “Qiynoqqa qarshi konvensiyaga oid Fakultativ protokol. Qiynoqlarning oldini olishga oid milliy preventiv mexanizmlar: xalqaro tajriba va milliy amaliyot”, “Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati”, “Voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar”, “Ushlab turish, qamoqqa olishga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari”, “Kamsitmaslik, aybsizlik prezumpsiyasi, qamoqqa olish, xabar berishga oid xalqaro standartlar va O‘zbekiston Respublikasi jinoiy-huquqiy tizimida mazkur standartlarning qo‘llanilishi” mavzuida mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tinglovchilar qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish, qiynoq holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor va xolisona ko‘rib chiqish, aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, jabrlanuvchilarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida zarur bilim hamda tavsiyalarga ega bo‘lishadi.

17-18-may kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘quv kursi yakunida xodimlarga sertifikat beriladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech