IIV Akademiyasining “tergov faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar nazariy bilimlarni puxta egallashmoqda.
IIV Tashkiliy departamenti vakillari tomonidan o‘tkazilgan ma’ruzada jinoyatlarni tergov qilish metodikasi tahlil qilindi. Kursantlar qurol, o‘q-dori, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish jinoyatini tergov qilish xususiyatlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamladilar.
***
Toshkent shahar IIBB YHXBning Yo‘l-transport xodisalari bilan bog‘liq ishlarni yuritish bo‘limida sayyor mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Kursantlarning kasbiy ko‘nikmalarini boyitish maqsadida malakali mutaxassislar yo‘l-transport hodisalarini maxsus kartochka va shakllarda hisobga olish, maxsus kartochkalarni yuritish tartibi, yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risida ma’lumotlarni yuritish, qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish tartibini amaliy tarzda bajarib ko‘rsatdilar. Mashg‘ulot davomida zarur amaliy ko‘nikmalar hosil qilindi.
***
Akademiya kunduzgi ta’lim bakalavriatining “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan bazaviy amaliyot mashg‘ulotlari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Akademiyadagi namunaviy huquq-tartibot maskanida tashkil etilgan galdagi mashg‘ulotlarda 1-bosqich kursantlari ishtirok etib, bunda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, sohaning ilg‘or tajribalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati