IIV Akademiyasining Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi tomonidan IIV Yol harakati xavfsizligi bosh boshqarmasida amaliy mashgulot tashkil etildi.
Unda boshqarmaning malakali mutaxassislari yol harakati xavfsizligini taminlashda qollanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy qurilma va dasturlarning afzalliklari borasida kursantlarning amaliy konikmalarini boyitishga hissa qoshdilar. Tizimga joriy etilishi rejalashtirilgan yangiliklar, markazlashtirilgan yagona elektron bazani yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kursantlarda katta qiziqish uygotdi.
***
Sud-tergov amaliyotida qonuniylik va xolislikni taminlash huquqiy demkoratik jamiyatning muhim sharti. Zero, bu fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
Akademiyaning tergov faoliyati mutaxassisligi kursantlari joylardagi sayyor sud majlislarida ishtirok etib, oquv jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlab kelishmoqda. Jinoyat ishlari boyicha Yunusobod tuman sudida otkazilgan natbatdagi sud majlisi va uning yakunidagi davra suhbati sud-huquq tizimidagi islohotlarning ijrosini taminlashda yetuk bilim hamda amaliy konikmalarning nechoglik zarurligini namoyon etdi. Muloqot ularning kelgusidagi faoliyatlarida mustahkam poydevor bolishi, shubhasiz.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati